Uskuna, montaj, ishga tushirish va servis — bitta shartnoma bo‘yicha. Yoki sizdan investitsiyasiz hamkorlik.
Tarmoq geografiyasi · Toshkent · Navoiy · Qo‘qon · Qarshi · Andijon
Ikkala holatda ham uskuna bir xil. Farq — stansiyaga kim pul qo‘yadi va undan daromad kimga tegishli.
Siz stansiyani sotib olasiz, joyni birga tanlaymiz. Uskuna sizniki, Pulse EV platforma, servis va texnik yordam beradi — stansiya daromadini 80 / 20 bo‘lamiz.
Stansiyani sizning joyingizga o‘z hisobimizdan o‘rnatamiz, Pulse EV tarmog‘iga ulaymiz va o‘zimiz ekspluatatsiya qilamiz. Siz joy va elektr berasiz va elektr ta’minoti bilan hisob-kitobdan keyin stansiya tushumining 15% ini olasiz.
| Shart | Investitsiya | Joy ijarasi |
|---|---|---|
| Sizdan investitsiya | 32 500 000 so‘mdan | 0 so‘m |
| Uskuna egasi | Siz | Pulse EV |
| Sizning daromadingiz | Yalpi foydaning 80%* | Elektr ta’minoti bilan hisob-kitobdan keyin 15% |
| Monitoring, billing, ilova | Kiradi | Pulse EV |
| Servis va texnik yordam | Kiradi | Pulse EV |
* Yalpi foyda — stansiya tushumidan iste’mol qilingan elektr energiyasi narxi ayirilgan qismi. Pulse EV platforma, servis va texnik yordam uchun 20% ushlab qoladi.
Stansiya ishlaydi, haydovchilar ilova orqali to‘laydi. Tushumdan iste’mol qilingan elektr narxi ayiriladi — qolgani bo‘linadi.
Stansiyangizdagi har bir zaryad sessiyasidan daromad. Joyni birga tanlaymiz, montaj, ulash va ishga tushirishni Pulse EV bajaradi.
Platforma ishi va stansiyaga xizmat ko‘rsatish uchun ushlab qolinadi:
32 500 000 so‘mdan — dastur 20 kVt dan boshlanadi
Birga tanlaymiz: trafik, tarmoq quvvati, kirish
Kabel tortish va uskunani o‘rnatish
Muhandis tashrifi, bo‘sh quvvatni o‘lchash, o‘rnatish nuqtasi va kabel trassasini tanlash.
Model, quvvat, portlar soni va ulanish sxemasi — tarmog‘ingiz parametrlariga mos.
Butun sikl uchun bitta shartnoma. Yetkazib berish muddati — imzolangandan 14 kun.
Poydevor yoki mahkamlash, kabel ishlari, o‘rnatish va elektr tarmog‘iga ulash.
Sinov zaryadlari, billingni ishga tushirish, joyni Pulse Drive ilovasi va onlayn-xaritalarda ro‘yxatga olish.
Ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma, hujjatlar, foydalanishga topshirish dalolatnomasi.
Muhandisning bitta tashrifi — va siz tanlangan konfiguratsiya, ulanish sxemasi va obyektingiz bo‘yicha aniq hisob-kitobni olasiz.
Obyektingiz va vazifangiz haqida qisqacha.
Quvvatni o‘lchash va o‘rnatish nuqtasini tanlash.
Konfiguratsiya, muddatlar, narx.