Uy stansiyasi — zaryadlanishning eng arzon va qulay usuli: kechqurun mashinani qo‘ydingiz, ertalab u tayyor.
Pulse EV ning 7 kVt uy AC stansiyasi QQS 12% bilan 2 912 000 so‘m turadi. Narxga tekshiruv, yetkazib berish, o‘qitish va ilovaga ulash kiradi. Montaj va kabel tekshiruvdan keyin alohida hisoblanadi. Yetkazib berish — 14 kun, kafolat — 12 oy.
Maishiy rozetkadan zaryadlash sekin bo‘ladi va bunga mo‘ljallanmagan simlarni uzoq yuklaydi. Devorga o‘rnatiladigan stansiya himoyali alohida liniyada ishlaydi va tezroq zaryadlaydi.
Pulse EV muhandisi obyektga chiqadi, bo‘sh quvvatni o‘lchaydi va o‘rnatish nuqtasini tanlaydi. Shundan keyin montajning aniq narxini aytamiz.
GB/T ulagichli AC 7 kVt Pulse Drive platformasiga ulanadi: zaryadlash statistikasi va ilovada masofaviy boshqaruv. Stansiya faqat shaxsiy foydalanish uchun.
Barcha narxlar 12% QQS bilan ko‘rsatilgan.
AC 7 kVt stansiya — QQS bilan 2 912 000 so‘m. Montaj narxi shitokgacha masofa, kabel yo‘li va bo‘sh quvvatga bog‘liq — aniq narxni tekshiruvdan keyin aytamiz.
Mashinada GB/T ulagich bo‘lsa — ha. Bu Xitoy elektromobillari standarti: BYD, Zeekr, Li Auto, Chery, Hongqi va boshqalar.
Ha, o‘z to‘xtash joyingizga — boshqaruv kompaniyasi bilan kelishgan holda. Butun majmua uchun alohida yechim bor.
Muhandisning bitta tashrifi — va siz tanlangan konfiguratsiya, ulanish sxemasi va obyektingiz bo‘yicha aniq hisob-kitobni olasiz.